Romitanda asfalt zavodi ishga tushdi
Buxoro viloyati Romitan tumani «Qoqishtuvon» MFY «Yangiyer» qishlog‘ida Xitoy texnologiyasi asosida qurilishi boshlangan asfalt-beton ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod ish boshladi.


– Umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etayotgan zavodni bunyod etishdan asosiy maqsad mahalliy quruvchilarga sifatli xom-ashyo mahsulotlarini tezkor ravishda yetkazib berishdan iborat, – deydi «Romitan Avtoban Trans» MCHJ rahbari Rafiq Jo‘rayev. – Sifatli va arzon xom-ashyolar viloyatdagi Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku, Vobkent tumanlariga ham yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Zavod bir kunda 1000 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha ishga tushishi natijasida 8 nafar mahalliy yoshlar bandligi ta’minlandi. Mazkur loyiha «Romitan Avtoban Trans» MCHJ tomonidan 140 ming dollar o‘z mablag‘lari hamda 380 ming dollar investitsiya mablag‘lari hisobidan «Qishloq qurilish» bank tomonidan amalga oshirildi.
Zarif Komilov,
O‘zA