Rojer Federer pul topish bo‘yicha Ronaldu va Messini ortda qoldirdi
Shveysariyalik tennischi Rojer Federer bir yilda eng ko‘p daromad topgan sportchilar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.
R.Federer joriy yilda mukofot pullari, reklama, bir qator hamkorlik shartnomalari evaziga jami 106,3 million AQSH dollari ishlab topdi.
Mazkur reytingning ikkinchi va uchinchi pog‘onalari Ronaldu va Messiga tegishli bo‘ldi. Portugaliyalik futbol afsonasi 12 oy mobaynida 105 million, argentinalik buyuk iqtidor egasi esa 104 million AQSH dollari ishlab topdi.
O‘zA