Rizayeva Gulnora Botirovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Klasterli yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish” mavzusida
Rizayeva Gulnora Botirovnaning 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Klasterli yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 29-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
E-mail: kengash@edu.uz