Rektor kubogi musobaqasi
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Rektor kubogi – 2023” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Кonstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘ibotiga bag‘ishlab “Referendum va yoshlar” forumi ham tashkil etildi. Unda 2 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-11326]
Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada milliy kurash, mini futbol, voleybol turlari bo‘yicha 200 nafarga yaqin talabalar o‘zaro bahslashdi.
Musobaqa g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Nilufar Bozorova, Davron Ernazarov (surat), O‘zA