“Real” Raul Asensioga qarshi intizomiy ish boshladi
Klub rahbariyati futbolchining xatti-harakati klub obro‘siga jiddiy zarar yetkazgan deb hisoblamoqda.
“Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio mast holatda avtomobil boshqargani uchun klub tomonidan intizomiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Voqea 2026-yil 16-avgust kuni Gran-Kanariya janubida sodir bo‘lgan. Asensio Porsche avtomobilini boshqarayotgan vaqtda to‘xtatilgan. Tekshiruv natijasida uning organizmidagi alkogol miqdori ruxsat etilgan me’yordan to‘rt baravar yuqori ekani aniqlangan.
Sud futbolchini 8 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilgan va 14 400 yevro jarima to‘lashga hukm qilgan.
“Real” rahbariyati futbolchining xatti-harakati klub obro‘siga jiddiy zarar yetkazgan deb hisoblamoqda. Shu sabab madridliklar Asensioga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Asensio 2025-yil yozida “Real” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirgan.