Raqamli temir yo‘l: xizmatlar va logistikada yangi imkoniyatlar
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda tashkil etilgan mediatur davomida jurnalistlarga kompaniyada amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari va ularning amaliy natijalari namoyish etildi.
Taqdimotda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda kompaniyada yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda davlat idoralari bilan axborot almashinuvini avtomatlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, E-nakl axborot tizimi, QR-kodli elektron chiptalar, BI platformasi, “Aqlli temir yo‘l tarozisi” va Wagon Vision kabi raqamli yechimlar orqali xizmatlar sifatini oshirish, logistika jarayonlarini tezlashtirish va boshqaruv samaradorligini yuksaltirishga erishilmoqda.
Mediatur ishtirokchilari ushbu tizimlarning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishib, raqamli yechimlar temir yo‘l sohasida xavfsizlikni ta’minlash, hujjat aylanishini qisqartirish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratayotganini ta’kidladilar.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yXffKm88nCk" title="Raqamli temir yo‘l: xizmatlar va logistikada yangi imkoniyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, O‘zA