Raqamlashtirish — "qog‘ozsiz kelajak" sari (+video)
Raqamlashtirish va "qog‘ozsiz kelajak" sari tashlanayotgan qadamlar O‘zbekistonda davlat boshqaruvini ochiq, shaffof va samarali qilishga xizmat qilmoqda.
Haqiqatan ham, raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasida ham muhim sohalarni raqamlashtirilishga alohida e’tibor qaratilib, davlat xizmatlari, sud tizimi, huquqni muhofaza qilish organlari, yo‘l harakati boshqaruvi tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy xizmatlar, bank va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va milliy iqtisodiyotning boshqa asosiy sohalariga yangi texnologiyalarni joriy qilish belgilangan.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA