Ramazon - mehr-muruvvat oyi (video)
Ramazon oyining ro‘zasi Islomning besh shartidan biri bo‘lib, payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ummatlariga farz qilingan.
Qur’oni Karimda: «Sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi», «Sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin» kabi xitoblar bilan ro‘zaning farzligi sobit bo‘lgan va fiqhiy asoslaridan bahs yuritilgan.
Hadisi qudsiylardan birida:
«Ro‘za men uchundir va uning mukofotini men beraman», deyiladi va ro‘zaning xos ibodat ekanligiga ishora qilinadi.
Dinning ustuni namoz bo‘lsa, jamiyatniki – zakot, ruhniki esa ro‘zadir.
Ro‘zaning barcha xususiyati va hikmati yolg‘iz Allohga ayon. Bir narsa aniqki, Ramazon – rahmat va mag‘firat oyi, oylarning sultoni va eng ulug‘idir. Ro‘za ruhni oziqlantiradi. Moddiy va ma’naviy zararlardan muhofaza etadi.
<iframe width="1350" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/2w1n6kl3DcQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Bilolxon Rustamov,
Axsi sayyidlari majmuasi rahbari.
Hotam Mamadaliyev (video), O‘zA