Rahmatov Shuxrat Axatovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oliy ta’lim muassasalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish mexanizmi (texnika sohasi OTMlari misolida)” mavzusida
Rahmatov Shuxrat Axatovichning 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish mexanizmi (texnika sohasi OTMlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 2023 yil 10 yanvar kuni soat 14-00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahar, Ziyo ko‘chasi, 6-u.
Tel.: (+998) 71 227-12-52; (+998) 71 246-06-69
web-site: www.avloniy.uz, e-mail: avloniy@xtv.uz