Rahimov Qodir Ergashevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Professional boshqaruv kompaniyalarini uy-joy fondini boshqarishga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida
Rahimov Qodir Ergashevichning 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Professional boshqaruv kompaniyalarini uy-joy fondini boshqarishga jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/31.12.2020.I.09.04 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yilning 7 avgust kuni, soat 12:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti.
Tel.: (99871) 299-00-01
e-mail:rektorat@tstu.uz