“Rahbar ayollar maktabi”ning eng salohiyatli tinglovchilari Fransiyada malaka oshirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi xorijiy stajirovka davlat boshqaruvida gender tenglikni ta’minlash va samarali kadrlar siyosati bo‘yicha Fransiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

“Rahbar ayollar maktabi”ning eng salohiyatli tinglovchilari Parij shahrida Fransiya Davlat xizmati vazirligi huzuridagi Davlat boshqaruvi va xizmati bo‘yicha Bosh direktoratida davlat xizmati tizimi, kadrlar siyosati, professional tenglik va ayol rahbarlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlarda ishtirok etdi.
Dasturning asosiy qismi Fransiya Davlat xizmati Milliy institutida bo‘lib o‘tmoqda. Tinglovchilar zamonaviy liderlik, gender siyosatini amalga oshirish, davlat xizmatida innovatsion boshqaruv, samarali kommunikatsiya ijtimoiy stereotiplarni yengib o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Ushbu xalqaro stajirovka natijasida rahbar ayollar Fransiyaning davlat boshqaruvi modelini o‘rganib, o‘z ish faoliyatida qo‘llash uchun aniq taklif va mexanizmlarni ishlab chiqadi.
N.Abduraimova, O‘zA