Quvasoy gilosi Xitoy va Koreya bozorida (+video)
Quvasoy bog‘lariga baraka kirgan palla. Ayniqsa, giloszor bog‘larda ish qizg‘in. Bu kunlarni bir yil kutdilar, axir. Mana endi hosil ko‘tarar damlar keldi.
Davlat rahbari hamisha fermer daromadi – asosiy natija, deydi. Farg‘ona viloyatida 2018-2019 yillarda Prezident topshirig‘i bilan 3 ming gektar g‘alladan kam hosil berayotgan yerlar bog‘ga aylantirildi. Ular qatorida “Quvasoy Nodirjon” fermer xo‘jaligi yerlari ham bor edi.
– 40 gektar bog‘ qildik. Shundan 30 gektari xorijdan keltirilgan navlar bo‘lib, ular yarim pakana, intensiv usulda parvarishlanmoqda, – deydi fermer Abduxalil Mamatxalilov. –Uning 15 gektarida sarxil gilos yetishtirilyapti.

Hozirga kelib Quvasoydagi bog‘lar 6889 gektarga yetdi. Olma, gilos, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri... nimalar yo‘q dersiz bu bog‘larda. Havosi mo‘’tadil, Isfayramsoyning to‘yingan suvidan bahramand yerlar tez hosilga kiradi.
–Mana bu pakana giloslar to‘rtinchi yiliyoq 5 kilogrammdan hosil bergandi, bu yil esa har tupidan 15-20 kilo gilos terib olyapmiz, – deydi bog‘bon Abduhail Mamatxalilov.

Ayni kunlarda fermer tuzilgan shartnomaga asosan gilosni Xitoy va Koreya respublikalariga eksport qilyapti.
– O‘tgan yili 2.5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan edi. Bu yil esa 4 million dollarga yetkazmoqchimiz, – deydi o‘simliklar karantini va himoyachisi agentligi davlat nazoratchisi G‘ulomjon Sobirjonov. –Gilos yetishtiruvchi fermerlarimiz Xitoy va Koreya Respublikalariga eksportni boshlab yuborganlar.

Bog‘dorchilik, ayniqsa gilos plantatsiyalari ilmni talab qiladi. Shuning uchun ham Quvasoyda Yaponiyaning JICA agentligi bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan. Mana, gilosning birinchi terimi yakunidayoq 2025 yil hosili uchun tayyorgarlik boshlandi.
– Birlashgan millatlar tashkilotining loyihasi asosida JICA iqlim o‘zgaruvchanligiga ko‘chatlarni moslashtiruv, suv taqchilligini yengish, bunga zarur texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha bizga maslahatlar berib kelmoqda. Hamkorlikka 4 yil bo‘ldi. Shu davrda ular bizga 20 ming AQSH dollarilik texnika berdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uCedGs8g6L4" title="Quvasoy gilosi Xitoy va Koreya bozorida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jahon bozorida 1 kilogramm gilos 15 dollardan 25 dollargacha xarid qilinyapti. Gilos yetishtiruvchi davlatlar o‘rtasida raqobat juda kuchli. Undan muqim o‘rin olish uchun esa Quvasoydagi kabi xorij tajribasi, bog‘dorchilik ilmi yangiliklarini tinimsiz joriy etib kelish zarur.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA