Quritilgan ko‘knori boshoqlari ushlab qolindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postida xorij fuqarosi P. F. ko‘knori boshog‘i giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi.
Tunda bojxona postiga bamaylixotir kirib kelgan mehmonning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. Uning qo‘l yuklari rentgen apparatiga qo‘yilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxonachilar bejiz shubhalanmaganiga ishonch hosil qildi.

P. F. ning buyumlari ichida to‘rt dona quritilgan ko‘knori boshog‘i giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Zahri qotil maxsus tarozida o‘lchanganida vazni 22,64 gramm tosh bosdi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA