Qurbonov Ozod Sayfiddinovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tiflojurnalistika genezisining ilmiy-nazariy muammolari” mavzusida
Qurbonov Ozod Sayfiddinovichning 10.00.09 - “Jurnalistika” ixtisosligi bo‘yicha “Tiflojurnalistika genezisining ilmiy-nazariy muammolari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 11 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 10003, Toshkent shahri, Markaz-5, 88-uy.
Tel.: (99871) 207-09-06
e-mail: info@jmcu.uz