Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev jahon chempioni
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida vakillarimiz navbatdagi g‘alabani tantana qildi.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 15.68 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 15.69 metr natija bilan kumush medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA