QR-kodli texnologiyalar ommalashmoqda
“Yagona mmumrespublika protsessing markazi” MCHJ qo‘shma korxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda o‘zbekistonliklar tovar va xizmatlarga to‘lovni amalaga oshirishda QR-kodlardan ko‘proq foydalanishgan.
Yilning birinchi yarmida bunday to‘lovchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 baravar ko‘paygan. Ayni damada ushbu texnologiya bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalar soni 3,9 baravar, to‘lovlar hajmi – 2,3 baravar, tranzaksiyalar soni – 2,4 baravar oshgan. O‘rtacha tranzaksiyalar miqdori -162 ming so‘mni tashkil etgan.
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qog‘oz pullar koronavirus tarqalishiga sabab bo‘ladigan omillardan bo‘lishi mumkinligi uchun naqd pul bilan to‘lovlarni amalga oshirishni cheklashni tavsiya qildi. Bu naqd pulsiz to‘lovlarning ommalashishi va tegishli texnologiyalarning joriy qilinishini kuchaytirdi.
QR-kod (ingl. Quick Response code — tezkor javob qaytarish kodi; qisqartmada - QR code) —dastlab Yaponiya avtomobil sanoati uchun ishlab chiqarilgan.
Sistema QR-kodlar tizimi tez o‘qilishi va UPC standartidagi shtrix kodlarga nisbatan keng hajmliligi tufayli chetda ham ommalashdi.
QR-kod oq fonda to‘rtburchak panjara ichida joylashgan qora to‘rtburchaklardan iborat. Ular kamera kabi tasvirlarni qayta ishlash qurilmalari yordamida o‘qiladi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA