Qozog‘istonga amaliy tashrif yakuniga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamrohligida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib ko‘rdi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.


Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.