Qozog'istonda "PSJ" akademiyasi ochilishi e'lon qilindi
Parij klubining futbol maktabi mamlakat poytaxti Ostonada joylashgan bo'ladi.
"PSJ" o'zining rasmiy veb-saytida Qozog'istonda akademiya ochilishini e'lon qildi. Parij klubining futbol maktabi mamlakat poytaxti Ostonada joylashgan bo'ladi.
"PSJ akademiyasining Qozog'istonda ochilishi klubning o'z tajribasi va qadriyatlarining ta'sirini Parijdan tashqariga yanada kengaytirishga sodiqligini aks ettiradi. Ostonada yangi akademiyaning ochilishi bilan biz butun dunyo bo'ylab minglab yosh futbolchilarga "PSJ" sifat standartlariga muvofiq futbolni o'rganish va katta oilaning bir qismiga aylanib, rivojlanishda davom etish imkonini beruvchi global tarmoqni rivojlantirishda yana bir muhim qadam tashlamoqdamiz", dedi "PSJ"ning marketing bo'yicha direktori Nadya Benmoxtar.
Sentabr oyidan boshlab akademiya 300 tagacha yosh futbolchini qabul qiladi. Qozog'iston "PSJ" akademiyasining global tarmog'iga qo'shilgan 24-mamlakat bo'ladi.