Qozog‘iston prezidenti Yevropa kengashi rahbari bilan suhbatlashdi
Qasim-Jomart Toqayev Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan respublikadagi vaziyatni muhokama qildi.
Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, suhbat “samarali” kechgan.
"Biz misli ko‘rilmagan bosqinchilikka, davlatchiligimizga tajovuz harakatiga duch keldik. Konstitutsiyaviy tuzum va qonuniylikni tiklash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rdik. Biz tinch namoyishchilarga qarshi hech qachon qurolli kuch ishlatmaganmiz va ishlatmaymiz. Qozog‘iston o‘z kuchini mustahkamlayveradi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik ham samarali davom etadi.”, - deb yozdi Toqayev ijtimoiy tarmoq orqali.