Qozog‘iston: harbiy samolyotning halokat sabablari o‘rganilmoqda
Olma-Otada halokatga uchragan “An-26” harbiy-transport samolyotining qora qutisi tadqiq qilishga kirishildi.
“Interfax.ru” xabariga qayd etilishicha, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi bu ishlarning natijasi haqida tez orada e’lon berilishini ma’lum qilgan.
Mahkama matbuot xizmatidan aytilishicha, hodisa bo‘yicha hukumatning maxsus komissiyasi tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, milliy xavfsizlik qo‘mitasi aviatsiya xizmatining An-26 samolyoti yaqinda Olma-Otaga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragandi.
Olti kishilik ekipaj a’zolaridan to‘rt nafari halok bo‘lgani, ikki nafari esa og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirilgani ma’lum qilingan.