Qozog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashuv
Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi o‘rinbosari, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Qozog‘iston xalqi assambleyasi kotibiyati mudiri Marat Azilxanov rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv Qozog‘iston xalqi Assambleyasi o‘rtasidagi Anglashuv memorandumi muddatini uzaytirish, o‘zaro tajriba almashish hamda millatlararo munosabatlar sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv mobaynida mehmonlarga Qo‘mita faoliyati, mamlakatimizda millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan ishlar, xorijiy mamlakatlar bilan rivojlanib borayotgan do‘stlik aloqalari va xorijdagi vatandoshlar faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi.
[gallery-13885]
Xususan, Qo‘mita va Qozog‘iston xalqi Assambleyasi o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik aloqalari mavjudligi, bu borada bir necha bor delegatsiya almashinuvlari o‘tkazilganligi hamda hamkorlikda davra suhbatlari va anjumanlar tashkillashtirilganligi haqida aytib o‘tildi.
O‘zA fotomuxbiri
Murodxon Xo‘jayev olgan suratlar.