Qozogʻiston: Olma-Ota yana karantinda
Oxirgi haftada Qozogʻistonning Olma-Ota viloyatida koronavirus aniqlanishi koʻrsatkichi 4,5 foizga oshib ketdi.
Oxirgi haftada Qozogʻistonning Olma-Ota viloyatida koronavirus aniqlanishi koʻrsatkichi 4,5 foizga oshib ketdi. Cheklovlar yumshatilishidan oldin esa bu raqam 2,5 ni tashkil etgan.
Bir soʻz bilan aytganda, vaziyat yana orqaga ketdi. Endi hududda:
- savdo uylari yopiladi;
- ommaviy tadbirlarga nisbatan qatʼiy taqiq qoʻyiladi;
- jamoat transporti faqat ertalab va kechqurun muayyan vaqt oraligʻida harakatlanadi;
- basseynlar va favvoralar ishlamaydi;
- Qapshagʻay suv ombori qirgʻoqlaridagi dam olish maskanlari ochilishi toʻxtatiladi.
Tumanlar va shaharlar chegaralarida sanitariya postlari faoliyati tiklanadi
Belgilangan qoidalarni buzganlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.