Qorako‘lda yangi korxona ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida xo‘jalik ishlarida foydalaniladigan qo‘lqop ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“HAJAR” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 13,7 milliard so‘mni tashkil etadi.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 milliard so‘mni tashkil etib, davlat byudjetiga har yili 400 million so‘m tushum tushishi kutilmoqda.
[gallery-31594]
Yangi korxonada 25 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Mazkur loyiha hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat) O‘zA