Qonunchilikda vorislikning belgilangan tartibi qanday? (+video)
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, vorislikning vasiyatnoma va qonun bo‘yicha turlari mavjud. Qonun bo‘yicha vorislik vasiyat mavjud bo‘lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek Fuqarolik kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq, qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Qonun bo‘yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxo‘rlar bo‘lmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega bo‘ladi.
Xo‘sh, Qonun bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi navbatdagi vorislarga kimlar kiradi?
Ushbu mavzu haqida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi yetakchi maslahatchisi Madina Hamdamova batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ykHbAvs82Mk?si=6jvg3Til0m6VcMqN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)