Qo‘shma korxonaning yangi filiali
Yurtimizda Navro‘z bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda joylarda ko‘plab yangi madaniy-maishiy inshootlar, ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.
Yurtimizda Navro‘z bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda joylarda ko‘plab yangi madaniy-maishiy inshootlar, ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida “O‘z Tong Xong Ko” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi filiali ish boshladi. Filial sexlarida 19 xildagi keda – sport oyoq kiyimlari, shuningdek, turli qurilish mixlari ishlab chiqarilmoqda.
– Korxonamiz yiliga 12 ming juftdan ziyod keda, 120 tonnadan ortiq mix ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi filial mas’ul xodimi Bekzod Egamberdiyev. – Mahsulotlarimizning sifati yuqoriligi, narxi nisbatan arzonligi xaridorlarga manzur bo‘lishi shubhasiz. Filialning ishga tushirilishi bilan 20 dan ortiq kishining bandligi ta’minlandi.