Qiyoslash laboratoriyasi o‘z ishini boshladi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda Qiyoslash laboratoriyasi o‘z ishini boshladi.
– Mazkur qiyoslash laboratoriyasi tibbiyotda qo‘llaniladigan tibbiy o‘lchash vositalarini metrologik qiyoslash, ya’ni tekshirish xizmatlarini olib boradi, – deydi laboratoriya mudiri Nodir Abdullayev. – Metrologik qiyoslash xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga sayyor xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, laboratoriya mutaxassislari tomonidan tibbiy o‘lchash vositalarini to‘g‘ri va samarali ishlash bo‘yicha o‘z malakaviy maslahatlarini ham berib borishadi. Laboratoriyamizda yetuk mutaxassislar ish olib borishadi.
Ta’kidlanishicha, sayyor xizmatlar va konsultativ maslahatlarning barchasi (Toshkent shahri ichida) bepul.
Mohigul Qosimova, O‘zA