Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid kunning eng muhim voqea va hodisalari tafsiloti bilan "Qisqa xabarlar" dasturida tanishing.
- Belarus poytaxti Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- Senat yalpi majlisida “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
- Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi D.X.ning unga nisbatan qo‘llangan intizomiy jazoni bekor qilish haqidagi murojaati o‘rganildi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi noqonuniy qurilmaning buzilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.
- Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi “Tig‘” reydlari davomida sakkiz kun ichida ko‘cha va jamoat joylarida sovuq qurol olib yurgan 389 nafar shaxs aniqlandi.
- Toshkentda U13 yosh toifasi bo‘yicha stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
O‘zAda e’lon qilingan xabarlar tafsiloti bilan to‘liqroq video davomida tanishing.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eJ_h076cot8" title="Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA