Qisqa metrajli filmlar suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabr –3 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” loyihasi start oldi.

Yosh kinoijodkorlar yurtimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Namangan, Jizzax, Xorazm va boshqa viloyatlarida qisqa metrajli filmlarni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi.
Mazkur filmlar Toshkent xalqaro festivali hakamlar hay’ati va mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Munosib ko‘rilgan kinokartinalar pul va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA