“Qishloq o‘qituvchisi” dasturi amalga oshiriladi
Xalq demokratik partiyasining qurultoyida Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova Saylovoldi dasturidagi asosiy yo‘nalishlar xususida to‘xtalib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, olis va chekka hududlarda o‘qituvchilarga ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq o‘qituvchisi” dasturi amalga oshiriladi. Mutaxassislarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi qonunchilik asosida mustahkamlanadi.
Oliy ta’lim talabalari uchun yotoqxonalar muammosi bosqichma-bosqich hal qilinadi. Bu yo‘nalishda davlat sherikchilik tamoyili asosida yotoqxonalar tizimi yaratilishining qonuniy asoslari yaratiladi.
Nurillo Nasriyev, O‘zA