Qirg‘iziston maktablarida internetsiz ham ishlaydigan raqamli kutubxona joriy qilinmoqda
Qirg‘izistonning Issiqko‘l, Talas va Chuy viloyatlaridagi 70 ta maktabga “Ilim Box” loyihasi doirasida maxsus qurilma orqali raqamli kutubxona o‘rnatildi.
Qirg‘izistonning Issiqko‘l, Talas va Chuy viloyatlaridagi 70 ta maktabga “Ilim Box” loyihasi doirasida maxsus qurilma orqali raqamli kutubxona o‘rnatildi.
Loyiha koordinatorlari – Qirg‘iziston Internet hamjamiyati (ISOC)ning ta’kidlashicha, loyiha kitoblar yetishmasligi va ta’lim muassasalarida internetning yo‘qligi bilan bog‘liq bir qator muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Raqamli kutubxona o‘zida qirg‘iz, rus va ingliz tillaridagi “Vikipediya”ni, ingliz tilidagi Xan Akademiyasini, minglab video va audio saboqlarni va elektron kitoblarni jamlagan.
Qurilma Internet yoqilmagan taqdirda ham barcha ta’lim muassasalarining resurslaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratadi.
“Onlayn bor mundarijani, biz qattiq diskka joylashtirdik, vay-fay router vazifasini bajaruvchi kichik kompyuterga biriktirdik. Har bir foydalanuvchi zarur ma’lumotni o‘zining kompyuteri yoki smartfoniga ko‘chirib olishi mumkin. Eng muhimi – foydalanuvchi faqat ta’lim resurslaridan foydalana oladi, u ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ko‘ngil ochar kontentga kira olmaydi”, deya izoh beradi ISOC vakili Talant Sultanov.
70 ta maktabda “Ilim box” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va jihozlar bilan o‘quvchi va o‘qituvchilar tanishtirildi. O‘quvchilari internet tarmog‘iga kira olmaydigan, shuningdek kitoblar yetishmaydigan va o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan oshib ketgan maktablar tanlandi. Maktablar tanlab olinayotganda QR ta’lim va fan vazirligining taklifi e’tiborga olindi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, qurilmalarni Qirg‘izistondagi yana 100 ta maktabga sovg‘a qilish rejalashtirilmoqda.