Qirgʻiziston Bosh vaziri isteʼfo berdi
Qirgʻiziston hukumati rahbari Muxammedkaliy Abilgaziyev oʻz lavozimini topshirdi. Bu haqda hukumat boshligʻi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qirgʻiziston hukumati rahbari Muxammedkaliy Abilgaziyev oʻz lavozimini topshirdi. Bu haqda hukumat boshligʻi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mulozimning isteʼfosiga mamlakatda qoʻzgʻatilgan Qirgʻiziston radiochastota resurslarini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishi sabab boʻlgan.
Abilgaziyevning oʻzi birinchidan hukumatga qarata yoʻllanayotgan ayblovlar, ikkinchidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng koʻlamda olib borilayotgan surishtiruvlar sabab qisqa muddatli taʼtil olishga qaror qilganini qayd etgan.
Shu bilan birga u koronavirus pandemiyasi sharoitida hukumat barqaror ishlashi lozimligini ham taʼkidlagan.
“Noaniq vaziyat Hukumatning toʻlaqonli faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiladi. Shu nuqtayi nazardan men Qirgʻiziston Bosh vaziri lavozimi majburiyatlarini zimmamdan soqit qilishim zarur, degan qarorga keldim”, - deyiladi Abilgaziyevning bayonotida.