Qilichbozlar poytaxtimizda saralandi
Toshkentdagi «Paxtakor» qilichbozlik sport majmuida 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 90 nafarga yaqin qilichbozlar ishtirok etayotgan chempionatda shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari o‘tkazildi. Unda Iskander Turishev va Sanam Nazarova barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.


Musobaqaning navbatdagi kunida shpaga bo‘yicha jamoaviy, rapira yo‘nalishida yakkalik bellashuvlar o‘tkaziladi. Mamlakat birinchiligi 15 martga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA