Qatar tashqi ishlar vaziri Qobulga keldi
Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Al Toniy Qobulga keldi.
“TASS” xabariga ko‘ra, Tolibon harakati siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahin jurnalistlarga shu haqda ma’lumot berib, tegishli savolga: “Ha, buni tasdiqlayman”, deb javob berdi.
Shahinning so‘zlariga ko‘ra, Al Toniy Afg‘onistondagi vaqtinchalik hukumat rahbari Muhammad Hasan Onun bilan uchrashgan.
Ma’lumot uchun Al Toniy shanba kuni Rossiyada tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan, tomonlar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgandi.