Qarshilik o‘quvchilar xalqaro olimpiada sovrindori
Yaqinda olimpiadalar vatani bo‘lgan qadimgi Gretsiyada VIII “EFI-2024” xalqaro iqtisodiyot olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtlarimiz ham ushbu nufuzli olimpiadada ilk bor qatnashdi.

Olimpiadaning final bosqichida O‘zbekistondan qatnashgan 5 nafar o‘quvchining 4 nafari (Humoyunbek Ibrohimov, Jasurbek Rizoqulov, Samandar Norboyev, Behruz Olimov) Qarshi shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari sanaladi.

Yakuniy bosqichdagi bahs yozma va og‘zaki tarzda bo‘lib, juda qizg‘in o‘tdi. Armaniston, Ozarbayjon, Kosovo, Gruziya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Xitoy, Albaniya, Serbiya, Shimoliy Makedoniya, Slovakiya, Niderlandiya, Gretsiya, Polsha, Bolgariya, Chexiya kabi 18 davlatdan kelgan o‘quvchilar yuqori o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Sinovlarda hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri