Qanday hollarda kartaga pul kirim qilishda komissiya olinmaydi?
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil 10-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan bank kartalariga naqd pul mablag‘larini kirim qilish xizmatlari yanada kengaytirildi. Bugungi kunda fuqarolar bank kartalarini tijorat banklarining kassalari, bankomatlari hamda ADM qurilmalari orqali oson va tez to‘ldirish imkoniyatiga ega.
Bank kartalariga naqd pul mablag‘larini kiritishning bir nechta qulay usullari mavjud. Xususan, kartalarni bank kassasi orqali, bankomatlar orqali, ADM (naqd pul qabul qiluvchi avtomat qurilmalar) orqali to‘ldirish mumkin.
Ushbu xizmatlar aholi uchun moliyaviy operatsiyalarni tezkor amalga oshirish, naqd pul bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qayd etilishicha, emitent bank — bu bank kartasini chiqargan tijorat banki hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda emitent banklar o‘z mijozlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida kartalarni to‘ldirish xizmatlarini bankning o‘z kassalari orqali, bankning o‘z bankomatlari orqali — bankning o‘z ADM qurilmalari orqali komissiya to‘lovisiz taqdim etadi.
Bu esa fuqarolar uchun ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va bank xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish imkonini beradi.

Bank kartalarini to‘ldirish xizmatlarining kengayishi naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur imkoniyatlar fuqarolar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni yanada qulaylashtirib, iqtisodiyotda zamonaviy to‘lov tizimlarining keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA