Qamchiq dovoni vaqtinchalik yopildi
A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni yo‘llarida avtotransportlarning harakati vaqtincha to‘xtatildi.
«Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining 2021 yil 4 martdagi xabariga asosan Qamchiq dovonida 5 mart soat 03:00 da kuchli shamol va qor ko‘chishi xavfi borligi sababli dovon yo‘llarida soat 24:00 dan avtotransportlarning harakati to‘xtatilganligini ma’lum qiladi.

Ayni paytda korxona tomonidan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni yo‘llari qordan tozalanmoqda. Yo‘llarni qordan tozalashga korxonaning 117 ta texnika va 350 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilari safarbar qilingan. Dovon yo‘llarida avtotransport vositalari uchun xavfsiz holatga keltirilgandan so‘ng, tegishli idoralarning ruxsati bilan ochiladi. Bu haqida xabar beriladi.
Qamchiq dovonidan o‘tish uchun yo‘lga chiqqan haydovchilarga vaqtinchalik harakatni to‘xtatib turishlari yoki ortga qaytishlari so‘raladi.
O‘zA