Qalbdan chiqqan ranglar jilosi - Dilorom Mamedova (+video)
1-qism
“Rassom ustaxonasi” loyihasining bu galgi qahramoni iste’dodli rassom Dilorom Mamedova — zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atida o‘zining betakror uslubi va chuqur ma’no kasb etgan asarlari bilan alohida o‘rin egallagan taniqli rassomalardan biri.
U 1974-yil 28-yanvar Toshkent shahrida tavallud topgan bo‘lib, bolaligidanoq rang va shakllar olamiga oshno bo‘lgan.
“Shuhrat” medali sohibi, shuningdek, “Xalq diplomati” va “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Dilorom Mamedova nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosida ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda. U O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi sifatida milliy tasviriy san’at rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ijodkorlardan.
Dilorom Mamedova O‘zbekiston bo‘ylab qilgan safarlari davomida o‘zbek ayolining latofati, yurtimiz tabiatining go‘zalligi va mustaqillik ruhini ilhom manbai sifatida qabul qilib, ularni o‘z asarlarida ta’sirchan va yorqin ifoda etadi.
Uning ijodi geografiyasi ham keng: rassom asarlari O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, AQSH, Italiya, Shveysariya, Angliya, Yaponiya, Hindiston, Avstriya, Eron, Isroil, Quvayt, Gruziya, Ozarbayjon va Pokiston kabi davlatlar muzeylari va shaxsiy kolleksiyalaridan o‘rin olgan. Shuningdek, u mazkur mamlakatlarda o‘z shaxsiy ko‘rgazmalari orqali milliy san’atimizni jahon sahnasiga olib chiqqan.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/i731RXogDxM" title="Qalbdan chiqqan ranglar jilosi - Dilorom Mamedova " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA