Qalbaki mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
Jizzaxda Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tezkor tadbirda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuviga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbirlarda Sharof Rashidov, Zafarobod, G‘allaorol, Zarbdor va Paxtakor tumanlarida faoliyat yurituvchi “Vodka-sharof”, “Yriy Furiy”, “Shfrof savdo” “Krepkaya vodka” mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda “Etil Maxsys” xususiy korxonasi (geografik atamalar o‘zgartirilgan) savdo do‘konida xaridorlarga “GOLD”, “Portveyn”, “Talaya”, “Juravli” va “Chistaya vodka” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan vaqtlarida ushlandi. Ushbu savdo do‘konlarida sotuvga qo‘yilgan jami 3 ming 581 dona har xil turdagi qalbaki aksiz markali alkogol va 125 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Qayumov, O‘zA.