Qabul-2026: bugun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi.
Joriy yil 25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi bugun, 25-iyun kuni yakunlanadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar hujjat topshirishni keyinga qoldirmasliklari tavsiya etiladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA