Professional bokschilarimizning IBF reytingidagi o‘rni qanday?
Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) oktyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
E’tiborlisi ushbu reytingdan 3 nafar bokschimiz o‘rin olgan. Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, eng yengil vazn toifasida (63,5) harakatlanayotgan Shoxjahon Ergashev 4-pog‘onani band etdi.
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6) IBF ning Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari sohibi Shaxram G‘iyosov esa reytingning 9-qatoridan o‘rin egallab turibdi.
O‘zA