Professional boks: Otabek Xolmatov chempionlikka yaqinlashmoqda
Iste’dodli bokschimiz Otabek Xolmatov professional boksning WBA yo‘nalishida chempionlikka tobora yaqinlashmoqda.
Yarim yengil vazn toifasida WBA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Xolmatov reyting yetakchisi, britaniyalik Tomas Patrik Uord bilan jang qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu jang bo‘yicha kelishib olish uchun WBA bokschilar va ularning jamoasiga 30 kun muhlat berdi
Aytish lozim, mazkur uchrashuv g‘olibi WBA chempioni Leo Santa Kruzga qarshi ringga chiqish huquqini qo‘lga kiritadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA