Prezidentimiz intervyusi qizg‘in muhokama etildi
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan o‘quv sport texnika klubida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tarixchi olim, professor Iskandar Xayitov mamlakatimiz tarixi, mustaqillik yillari, sobiq sovet tuzumi kirdikorlariga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyusi xususida qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi.
[gallery-3473]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA