“Prezident sovg‘asi” Buxoroda
Yurtimizda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.


Xususan, Mehribonlik va Muruvvat uylari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 turdagi o‘quv qurollar va 15 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 595 dona “Prezident sovg‘asi” Buxoro viloyatiga yetib keldi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri