"Prezident Olimpiadasi": badiiy gimnastika böyiça dastlabki ğoliblar aniqlandi
Poytaxtimizda badiiy gimnastika böyiça "Prezident Olimpiadasi" musobaqalarining saralaş bosqiçi davom etmoqda.
Musobaqalarning birinçi kunida ötgan saralaş bosqiçi yakunlariga köra, yakkalik dasturidagi köpkuraş bahslarida Aişa Yenina birinçi örinni egalladi. Çinara Tairova ikkinçi, Sultana Aşurova esa uçinçi örinni band etdi.
Guruh maşqlaridagi köpkuraş bahslarida Toşkent şahri jamoasi ğolib böldi. Jamoa tarkibida Yasminaбо́ну Faxriddinova, Alina Gafurova, Yasmina Alibekova, Durdona Azimova, Şahinabonu Jumaboyeva va Safiya Usmonbekova iştirok etdi.
Öz tarkibida Şahnoza Xusenova, Dinara Keldiyorova, Hamrogul Salimova, Şahnoza Öktamova, Farzona Qahramonova va Samirabonu Xayrullayev bölgan Buxoro viloyati jamoasi ikkinçi örindan joy oldi. Navoiy viloyati vakillari uçinçi öringa sazovor böldi.

Şuni taʼkidlab ötiş lozimki, “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari yoş isteʼdodlarni aniqlaş, ularning sport mahoratini yuksaltiriş hamda iqtidorli sportçilarni saralab olişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, bunday musobaqalar yoşlar örtasida jismoniy faollikni oşiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş va sportga bölgan qiziqişni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Şu tariqa, “Prezident Olimpiadasi”ning badiiy gimnastika böyiça saralaş bosqiçida birinçi kun ğolib va sovrindorlari nomi maʼlum böldi. Musobaqa 6-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA