Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi
Qashqadaryo viloyati hokimining hisobotini tinglab, Prezidentimiz mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi. Jumladan:
– Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;
– yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o‘tkazib, auksionga chiqarish;
– Muborak, Nishon, G‘uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;
– Shahrisabz shahridagi bo‘sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;
– “Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;
– 2023 yil 1 iyulga qadar G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu yo‘lining 100 kilometr qismini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;
– yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o‘tuvchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish;
– Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA