Prezident maktabining navbatdagi bitiruvchilari mustaqil hayot sari kuzatildi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.
Tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta’lim sohasi mutasaddilari, pedagoglar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Prezident maktabida ta’lim xalqaro o‘quv dasturlari va STEAM modeli asosida ingliz tilida olib boriladi. Bu yerda matematika, aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.
Maktabda 168 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida 24 nafar bitiruvchi maktabni tamomladi. Ularning barchasi IELTS imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, 7,0–8,5 ball natijaga erishdi. Shuningdek, bitiruvchilarning 99 foizi SAT xalqaro testida yuqori natijalar qayd etdi.
[gallery-30153]
Tadbirda bitiruvchilarning dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilingani hamda xalqaro ta’lim dasturlari va respublika tanlovlarida erishgan yutuqlari e’tirof etildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA