Prezident Farmoniga muvofiq tadbirkorlarga 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda e’lon qilingan imtiyozlar PF-177-sonli farmon bilan amaliyotga joriy qilindi.
Jumladan,
- 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushi, 1 242 ta ko‘chmas mulk ob’ekti va 8 000 gektar yer uchastkasi savdoga chiqariladi;
- 85 ta davlat ishtirokidagi korxona tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi;
- umumiy qiymati 100 trln so‘mlik aktivlar savdoga chiqib, yil oxirigacha kamida 14 trln so‘m tushum kutilmoqda;
➖ ilgari sotilmagan 84 ta ob’ekt 1 million so‘mdan boshlanadigan narxda qayta auksionga qo‘yiladi.
Tadbirkorlar uchun asosiy yengilliklar:
- avans to‘lovi 35% dan 15% gacha pasaytirildi;
- qolgan summa foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
- 6 oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorga 25% chegirma (ilgari — 1 oyda to‘laganga 14%);
- 3 oyda 35% to‘laganga — 5 yilgacha, 6 oyda 50% to‘laganga — 7 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati beriladi.
3 oy ichida sotilmagan aktivlarga narx bosqichma-bosqich pasaytiriladi, «gibrid auksion» mexanizmi qo‘llaniladi;
Yer uchastkalari endi tayyor texnik shartlar va ruxsatnomalar bilan — «tayyor paket» tarzida sotiladi.
Yirik oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari ham bosqichma-bosqich tijoratlashtirilib, xususiy investorlar jalb etiladi.
O‘zA