Poytaxtimizda katta tennis bayrami
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Devis kubogi» jahon ligasining pley-off bahsida AQSh terma jamoasi bilan bahslashmoqda.
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Devis kubogi» jahon ligasining pley-off bahsida AQSh terma jamoasi bilan bahslashmoqda.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki kungi bahslarida tennischimiz Denis Istomin Stiv Jonsonga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz raqibi ustidan 6:1, 3:6, 7:6, 6:7, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Farrux Do‘stov va Jek Sok o‘rtasidagi o‘yin 5:7, 3:6, 2:6 hisobida amerikalik tennischi foydasiga xal bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob hozircha 1:1.
Endi «Devis kubogi»ning juftlik bahslarida D.Istomin va F.Do‘stov Sem Kuerri va Stiv Jonson o‘zaro kuch sinashadi.