Poytaxt yoshlari shashka bo‘yicha bellashdi
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko - bog‘ida “Yoshlar oyligi” doirasida shashka bo‘yicha musobaqaning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqaning Toshkent shahar bosqichiga yetib kelguncha poytaxtimizning barcha mahalla fuqarolar yig‘inidan 21 mingdan ortiq yosh “mahalla-sektor-tuman” darajasida kuch sinashdi.

Shunga ko‘ra, shahar bosqichiga 72 nafar yigit-qiz yetib keldi. Musobaqa yakunlari bo‘yicha 18 nafar yigit-qizlarimiz shashka sport musobaqasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA