Porani beruvchi boʻlsa, oluvchi topiladi
Bu toʻgʻrida abituriyent tegishli organga murojaat qilgach, tezkor tadbir davomida S.M.dan 400 AQSH dollari miqdorida pora olgan oʻqituvchi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikum oʻqituvchisi A.S. firibgarlik yoʻli bilan pul ishlamoqchi boʻlganlikda gumon qilinib huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, A.S. Paxtakor tumanining Olmazor mahallasida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan S.M.dan texnikumning farmatsevtika yoʻnalishiga shartnoma asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollari soʻragan.
Bu toʻgʻrida abituriyent tegishli organga murojaat qilgach, tezkor tadbir davomida S.M.dan 400 AQSH dollari miqdorida pora olgan oʻqituvchi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borayotir. Ammo pora beruvchilar borligi uchun oluvchilar ham topilib turibdi.